O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi antidoping sohasida xorijiy tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish maqsadida qator xalqaro rivojlangan antidoping tashkilotlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Shu maqsadda Agentlik direktori boshchiligidagi delegatsiya Turkiya antidoping tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash maqsadida ushbu davlatda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov va Turkiya antidoping markazi rahbari Ro‘shti Go‘ner o‘rtasida uzoqqa mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumga asosan, ikki tomon o‘rtasida malaka oshirish va o‘quv kurslarini tashkil qilish, antidoping sohasidagi yangiliklardan xabardor qilish kabi yana ko‘plab masalalar yuzasidan kelishuvga erishishdi.