O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi delegatsiyasi antidoping sohasini rivojlantirish va yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Litvada bo‘lib turishibdi.
Dastlab, Agentlik direktori A.Sadikov Litva sport vaziri Aysti Zedelite-Kaminske hamda Vilnius universiteti rahbariyati va universitet huzuridagi Ilmiy markaz direktori bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat sport sohasi qolaversa, antidoping sohasida ham aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, biologik faol qo‘shimchalar va oziq moddalarning o‘zaro taʼsirining funksional, metabolik, gigiyenik va klinik jihatlarini va ularning inson organizmiga taʼsirini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyiha va konferensiyalar tashkil qilish, ikki mamlakat antidoping sohasidagi faoliyatini o‘rganish va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Qolaversa Vilnius universiteti huzuridagi Ilmiy markaz faoliyati bilan yaqindan tanishildi.