O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi rivojlangan antidoping tashkilotlari bilan hamkorlikda turli yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etib kelmoqda.
Litva antidoping agentligi Butunjahon antidoping agentligiga aʼzo mamlakatlar ichida antidoping bo‘yicha qonun ishlab chiqqan hamda rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritilgan.
Shu maqsadda xalqaro tajribani o‘rganish va qonunchiligi bilan tanishish maqsadida Agentlikning ikki nafar mutaxassisi Litvada malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida bo‘lib turishibdi.
Malaka oshirish kursi davomida yuqoridagi masalalar bilan bir qatorda antidoping qoidabuzarligi sodir etilganda natijalarni boshqarish va surishtiruv bo‘yicha ham bilimlarini mustahkamlashdi.