Xabaringiz bor kelasi yil poytaxtimiz Toshkent yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Mazkur musobaqa davomida sportchilardan doping sinamalar olish jarayoni qay tartibda amalga oshirish yuzasidan Osiyo Olimpiya kengashi tashkiliy qo‘mitasi vakillari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va masʼul xodimlar ishtirok etishdi.
Musobaqalarni o‘tkazish uchun yangi barpo etilayotgan inshootlar va taʼmirlanayotgan sport maydonlarida doping nazoratini amalga oshirishga yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. O‘z navbatida mutasaddilar tomonidan oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.