eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan 2024-yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan joriy yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlar ishtirokida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Osiyo va Okeaniya mintaqalari sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha 19-hukumatlararo vazirlar yig‘ilishi 2024-yil 22-23-may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi. Tadbirda jami 34 ta davlatdan 83 nafar soha mutaxassislari, WADA rahbariyati, sport vazirlari va antidoping agentligi rahbarlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Butunjahon antidoping agentligi va O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Shu yil 24-may kuni Markaziy Osiyo Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA)ning navbatdagi hisobot yig‘ilishi ham Agentlik mezbonligida o‘tkazildi.

Shveysariyaning Lozanna shahrida Butunjahon antidoping agentligining Yillik simpoziumida O‘zbekiston milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va agentlik mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston va Litva agentliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Agentlik xodimi A.Soliyev - Parij-2024 Yozgi Olimpiya o‘yinlarida doping nazorati xodimi sifatida ishtirok etdi.

Xalqaro test agentligi (ITA) tomonidan Agentlik xodimlaridan 3 nafari  o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro darajadagi doping ofitseri sertifikatiga ega bo‘ldi.

Agentlik direktori va mutaxassislari Turkiya, Litva va Polshaga tashriflari amalga oshirildi hamda Turkiya antidoping komissiyasida va Litva antidoping agentligida o‘quv kurslarida malaka va tajribalarini oshirishdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi va birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.

Antidoping taʼlimoti yo‘nalishi bo‘yicha, Parij- 2024 Yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, litsenziant sportchilar uchun antidoping taʼlimoti bo‘yicha individual tartibda barcha sportchilarga seminar va davra suhbatlari tashkil qilindi hamda ular “Doping profilaktikasi- muhim eslatmalar” nomli qo‘llanmalar bilan taʼminlandi.

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan federatsiya (assotsiatsiya)larning sportchi, sport shifokorlari va murabbiylariga antidoping taʼlimoti bo‘yicha seminarlar joriy yilning 9 oy davomida 16 marotaba, hamda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga 4 marotaba vebinarlar o‘tkazildi.

Sportchilar uchun antidoping taʼlim platformasida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi o‘quv kursi joylashtirildi va foydalanishga topshirildi. Respublikamizdagi jami 246 ta sport maktablaridan 20 000 dan ortiq sportchi, murabbiy va tibbiyot xodimlari uchun talim-uznada.uz (antidoping taʼlimoti) va dori-uznada.uz (sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish) elektron platformalardan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

WADA tomonidan Parij-2024 olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga qatnashuvchi sportchilar uchun  ADEL dasturi bo‘yicha  o‘quv kursi ishlab chiqildi hamda WADAning elektron platformasiga joylandi.

Hozirgi kunda yosh sportchilar uchun taʼlim platformasida 1091 nafar sportchi va ularni qo‘llab-quvvatlovchilar talim-uznada.uz platformasidagi o‘quv kursini yakunlab sertifikatlar olishdi.

Agentlik “Sportda biologik faol qo‘shimchalar va ularning xavfi”, "Dopingga qarshi kurashda zamonaviy farmakologiya: Tibbiyot mutaxassislari uchun qo‘llanma" mavzularida o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlandi.

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan dori vositalarini tekshirish platformasi – https://dori-uznada.uz ga tarkibida taqiqlangan substansiyalar tutuvchi 38000turdagi dori vositalari, ularning tijoriy nomlari va ushbu dori vositalariga tegishli muhim maʼlumotlar kiritib borilmoqda.

terapevtik istisnolar bo‘limiga sportchilar tomonidan sportda taqiqlangan moddalar va usullardan terapevtik istisno tarzida foydalanish bo‘yicha topshirilgan 6 ta ariza ko‘rib chiqilib, tegishli xulosalar berildi. 6 nafar o‘zbek sportchilariga berilgan xulosalarga ko‘ra, sportda taqiqlangan moddalardan terapevtik maqsadda foydalanish uchun terapevtik istisno ruxsati berildi.

Antidoping qoidabuzarliklari va ADAMS monitoringi yo‘nalishi bo‘yicha joriy yilda tizimga 198 nafar sportchilar ro‘yxatdan o‘tkazildi va monitoring qilib borilmoqda. Bugungi kungi kelib, 11 nafariga ogohlantirish berildi va taqiqlangan modda aniqlangan 6 nafar sportchiga diskvalifikatsiya jazosi qo‘llanildi. Shundan 2 nafar sportchida surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Antidoping qoidabuzarligi jazosi muddati tugagan 2 nafar sportchilarga sportga qaytishda antidoping qoidabuzarliklari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

2024-yilning mos davriga nisbatan Olimpiya va noolimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya) sportchilaridan reja asosida 700ta doping sinama olish rejalashtirilgan bo‘lib, 33 ta sport turidan jami olingan doping sinamalar 675 ta.

2024-yil 6-noyabr kuni “O‘zbekistonda antidopingga qarshi kurash: erishilgan natijalar, axloqiy, huquqiy va tibbiy jihatlar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilinadi. Konferensiyada WADA, Turkiya, Koreya, Litva va Polsha vakillari maʼruza bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Koreya antidoping agentligi (KADA) bilan tuzilgan ikki tomonlama memorandum asosida noyabr oyida 4 kunlik malaka oshirish uchun koreys delegatsiyasining Toshkentga tashrifini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish