eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Farg‘onadagi sport taʼlim muassasalari vakillariga talim-uznada.uz va dori-uznada.uz platformalari yuzasidan maʼlumotlar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-149-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlari hamda ularning vakillari uchun platformalar Agentlik tomonidan ishga tushirilgan.

Shu maqsadda Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan sport shifokorlari, murabbiylar va sportchilar uchun antidoping qoidabuzarliklar hamda “Antidoping taʼlim elektron platformasi” shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo‘ljallangan “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borildi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

“Antidoping taʼlim elektron platformasi”dan foydalanish uchun talim-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin.

“Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi”dan foydalanish uchun dori-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin.

“Antidoping taʼlim elektron platformasi” orqali o‘quv kursni yakunlaganingizdan so‘ng 2025-yildan boshlab respublika chempionatlarida talab qilinadigan QR kodli maxsus sertifikat taqdim etiladi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish