O‘zbekiston “Rowing&Canoe” federatsiyasi sportchisi Holmurodov Shohmurod antidoping qoidabuzarligini sodir etganligi sababli 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Ushbu xabar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingandan so‘ng, www.gazeta.uz tomonidan ham maqola eʼlon qilindi. Unda, gazeta.uz muxbiri bilan suhbatlashgan sportchining murabbiyi Serik Merbekov “Hozir mashg‘ulotlarda ham qatnashyapti. Lekin, musobaqalarga chiqolmaydi” deyilgan.
Butunjahon antidoping kodeksining 10.14.1 moddasiga asosan diskvalifikatsiya muddatini o‘tayotgan shaxs (sportchi, murabbiy va masʼullar) diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.
Shu sababli Holmurodov Shohmurodning murabiysi Serik Merbekov ushbu holat yuzasidan tushuntirish berdi.