O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–82-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va nuroniylar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Agentlik tomonidan Farmonda nazarda tutilgan “Mehr va saxovat kuni” doirasida mehrga muhtoj nuroniylar va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.