eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Velosport bo‘yicha terma jamoa aʼzolariga antidoping qoidabuzarligi yuzasidan seminar tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining “Maʼmuriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan sportda doping qo‘llanishining oldini olish va sportchi, murabbiy va sport shifokorlariga antidoping qoidalarini o‘rgatish, doping nazoratini amalga oshirish borasida trenerlar va tibbiyot xodimlari uchun ilmiy-amaliy konferensiya va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, sportchilarni huquq va majburiyatlarini o‘rgatish vazifalari yuklatilgan.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan velosport bo‘yicha terma jamoa o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida mashg‘ulotlarni olib borayotgan sportchilarga “Antidoping taʼlim elektron platformasi” shuningdek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan moddalar mavjudligini tekshirish uchun mo‘ljallangan “Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek seminar davomida Butunjahon antidoping kodeksi qoidalari, taʼqiqlangan modda uning metaboliti yoki markerining sportchidan olingan sinamada mavjudligi, sportchi tomonidan taqiqlangan modda yoki uslubni qo‘llash va qo‘llashga urinish, doping sinama topshirishdan bosh tortish, qarshilik ko‘rsatish yoki tashrif buyurmaslik, sportchi yoki uning xamroxi tomonidan doping nazoratining barcha bosqichida soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish kabi mavzularda suhbat olib borildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob berildi.

 

“Antidoping taʼlim elektron platformasi”dan foydalanish uchun talim-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin.

“Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi”dan foydalanish uchun dori-uznada.uz saytiga kirishingiz mumkin.

“Antidoping taʼlim elektron platformasi” orqali o‘quv kursni yakunlaganingizdan so‘ng 2025 yildan boshlab respublika chempionatlarida talab qilinadigan QR kodli maxsus sertifikat taqdim etiladi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish