Ortda qolayotgan 2024-yil barcha sohalar kabi antidoping bo‘yicha ham salmoqli bo‘ldi. Yil yakuniga kelib 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadigan va munosiblar taqdirlanadigan vaqtga yetib keldik.
Sport federatsiya va assotsiatsiyalarining sportda dopingga qarshi kurash borasidagi hamkorliklari va antidoping talablarini o‘z vaqtida bajarish hamda antidoping qoidalariga rioya qilish borasidagi reytingi tuzildi.
Ushbu reyting g‘olibini aniqlash uchun quyidagi mezonlarga tayanildi:
- Federatsiya va assotsiatsiya sportchilari xalqaro darajadagi sertifikatni olganligi;
- Antidoping taʼlimotini targ‘ib qilishdagi hamkorlik;
- Federatsiya va assotsiatsiyalarning antidoping bo‘yicha masʼul xodimning faolligi;
- ADAMS tizimini vaqtida to‘ldirish;
- Qoidabuzarliklar aniqlanganda ularning sababini aniqlashdagi hamkorlik kabi mezonlar asosida g‘olib aniqlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi yuqoridagi talablarni to‘liq bajargan federatsiya deb topildi va “Yilning eng yaxshi hamkor federatsiyasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligida tashkil etilgan tadbirda “Yilning eng yaxshi hamkor federatsiyasi” uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligida faoliyat olib borayotgan xodimlar orasidan yil davomida samarali mehnat qilganlar “Yilning eng fidoyi xodimi”, “Yilning eng faol xodimi” va “Yilning eng intizomli xodimi” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlanishdi.