O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligining 2025-yil uchun ishlab chiqilgan “Antidoping taʼlimoti” o‘quv rejasi bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalarda faoliyat olib borayotgan antidoping bo‘yicha masʼul xodimlar uchun 3 kunlik o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.
Bugun seminarning birinchi kunida Butunjahon antidoping Kodeksidagi sport federatsiya (assotsiatsiya)larining roli va majburiyatlari, antidoping qoidabuzarlik turlari, doping test topshirish jarayoni, sportchi yoki vakilning huquq va majburiyatlari hamda Butunjahon antidoping agentligining ADEL platformasi va O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ishga tushirilgan talim-uznada.uz platformalaridan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi va kerakli javoblar olishdi. Seminar ertaga ham davom etadi.