Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan aʼzo mamlakatlar uchun turli yo‘nalishlar bo‘yicha sohadagi so‘ngi o‘zgarishlar yuzasidan seminar treninglar o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi xalqaro o‘quv amaliy seminar qo‘shni respublika Qozog‘istonda o‘tkazildi. Ushbu seminarda 13 ta Milliy antidoping tashkilotlaridan mutaxassislar qatori O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassisi b.To‘rayev ham ishtirok etdi.
O‘quv amaliy seminarda ADEL dasturidagi topshiriqlar, namuna yig‘uvchi xodimlarni tayyorlash, kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va boshqa masalalar yuzasidan seminar o‘tkazildi.