O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan reja asosida federatsiya (assotsiatsiya)lar sportchilari, sport taʼlim muassasalari, sport shifokorlari va masʼul xodimlari uchun seminar trening va vebinarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi seminar esa, Toshkent viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etildi. Seminarda sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlari ishtirok etdi.
O‘quv-seminar davomida “Antidoping qoidabuzarlik turlari”, “Sportchilarning huquq va majburiyatlari”, “Terapevtik istisnolardan foydalanish” bo‘yicha taqdimotlar qilindi va sportchilar, murabbiylar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.