O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan hududlardagi sport maktablarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun 24 soatlik malaka oshirish kursi tashkil qilinmoqda.
Ushbu amaliyot ikki yil oldin yo‘lga qo‘yilgandi. Endilikda bo‘lsa, mazkur jarayon davom ettirilmoqda va ikki yil oldin malaka oshirgan hamda sertifikat olgan masʼullarning bilimlari mustahkamlanmoqda, yangi ish boshlagan xodimlarga tushunchalar berilmoqda.
Shu yil 17-19 va 25-27 mart kunlari Toshkent viloyatining Chirchiq va Nurafshon shaharlarida o‘tkazildi. Mazkur 24 soatlik malaka oshirish kursida viloyatdagi sport taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar, sport shifokorlari va masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Kurs davomida tinglovchilarga kerakli bilimlar berildi va yakunda malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar taqdim etildi.