Joriy yilning 8-10 aprel kunlari Toshkent shahar sport boshqarmasi tasarrufidagi sport - ta‘lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar, shifokorlar va yo‘riqchi-uslubchilar uchun 24 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Masʼul shaxslar uchun agentligi mutaxassislari tomonidan Butunjahon antidoping Kodeksidagi sport tashkilotlarining roli va majburiyatlari, antidoping qoidabuzarliklari, doping test topshirish jarayoni va sportchi yoki vakilning huquq vamajburiyatlari, ADAMS tizimidan foydalanish , yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va talab etiladigan ma‘lumotlar, natijalarni boshqarish jarayonidagi, murabbiy yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etiladigan kamchiliklar va hatoliklar, ta‘qiqlangan ro‘yxat bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish hamda TI arizasini qanday tartibda to‘ldirish va murojaat qilish bo‘yicha ma‘lumotlar berildi.
Navbatdagi malaka oshirish kursi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 15-19 aprel kunlari o‘tkaziladi.