O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan joriy yilning 22-23 aprel kunlari Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi tasarrufidagi sport - taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar, shifokorlar va yo‘riqchi-uslubchilar uchun “Dopingga qarshi kurash” mavzusida 24 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etildi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi, Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan malaka oshirish kursi davomida Agentlik mutaxassislari tomonidan Butunjahon antidoping Kodeksidagi sport tashkilotlarining roli va majburiyatlari, antidoping qoidabuzarliklari, doping test topshirish jarayoni va sportchi yoki vakilning huquq va majburiyatlari, ADAMS tizimidan foydalanish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar va talab etiladigan maʼlumotlar, natijalarni boshqarish jarayonidagi, murabbiy yoki boshqa shaxs tomonidan sodir etiladigan kamchiliklar va xatoliklar, taʼqiqlangan ro‘yxat bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish hamda TI arizasini qanday tartibda to‘ldirish va murojaat qilish bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Malaka oshirish kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.