O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan mamlakatdagi barcha federatsiya (assotsiatsiyalar) va klublarga antidoping seminarlari o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, voleybol bo‘yicha yoshlar va kattalar terma jamoa aʼzolariga seminar tashkil etildi. Seminarda jamoa aʼzolari, murabbiylar va jamoa shifokorlari ishtirok etdi.
Seminarda antidoping qoidabuzarlik turlari, talim-uznada.uz platformasi va ADEL platformalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilar WADAning ADEL platformasidagi o‘quv kursni yakunlab, sertifikat olgandan so‘ng ishtirok etishga ruxsat beriladi. Milliy chempionatlarda qatnashadigan jamoalar va sportchilar Agentlik tomonidan ishga tushirilgan talim-uznada.uz platformasidan sertifikat olgandan so‘ng musobaqalarda qatnashish talabi joriy qilingan.
Seminarlardan ko‘zlangan maqsad sportchilarimiz mamlakat chempionatlari va xalqaro maydonlarda halol g‘alabalarni qo‘lga kiritishi uchun olib borilayotgan ishlarning bir qismidir.