eye

Agentlik haqida

Agentlik haqida

Sagdiyev Ziyavutdin Xusnutdinovich

1999-2002 yilda Respublika elekr tibbiyot texnikumi “Tish texnikligi” mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olgan.

2004-2011 yilda Toshkent tibbiyot Akademiyasi (sobiq Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti) Kasbiy ta'lim “davolash ishi” mutaxassisligi bo'yicha to‘liq kursini tugatgan.

2011-2013 yillar Toshkent tibbiyot Akademiyasi magistri “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish” magistrlik yo’nalishlarida tahsil olgan.

2012-2014 yillarda Toshkent Shahar tez tibbiy yordam (103) stantsiyasi, “Chaqiriqlarni qabul qilish bo'limi” katta shifokori.

2013-2014 yil Toshkent Shahar Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasining “Xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil qilish bo‘limi” bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2014-2017 yillarda Toshkent Shahar tez tibbiy yordam (103) stantsiyasi Yunusobod tumani bo'limi katta shifokori.

2017-2023 yillar davomida O‘zbekiston Milliy Olimpya qo'mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida ilmiy hodim, “Marketing va pullik hizmat bo‘limi” bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2019-2021 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining “1-sonli markaziy konsultativ-diagnostika poliklinikasi”, “Statistika bo’limi” hamda “Pullik hizmat bo‘lim” larida tashqi o‘rindosh sifatida faoliyat olib borgan.

2018-2023 yillarda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining “Bolalar huquqiy muammolarini o’rganish bo‘limi” bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2022 yildan O‘zbekiston Milliy Olimpya qo'mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining “Sport yibbiyoti” yo’nalishida (PhD) doktorant.

 

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish