eye

Hujjatlar

Hujjatlar

TI haqida koʻp beriladigan savollarga javoblar

SPORTDA TAQIQLANGAN MODDALAR VA USULLARDAN TERAPEVTIK ISTISNO TARZIDA FOYDALANISH

Sportchilar sog'lig'i tufayli taqiqlangan moddani qabul qilishlari yoki taqiqlangan ro'yxatda ko'rsatilganidek, taqiqlangan usuldan foydalanishlari kerak bo'ladigan holatlar mavjud.

Shuning uchun antidoping qoidalari terapevtik foydalanishdan ozod qilishni yoki qisqacha TI ruhsatnomasidan foydalanishni nazarda tutadi.

TI ruhsatnomasi sportchilar uchun kerak yoki kerak emasligini baholash uchun diqqat bilan quyidagi ma'lumotlarni o'qib chiqing va uni qanday taqdim etishni bilib oling.

  1. TERAPEVTIK ISTISNO RUHSATNOMASI (TI) NIMA?

Sportchilarda taqiqlangan dori-darmonlardan yoki taqiqlangan usullardan foydalanishni talab qiladigan kasalliklar yoki tibbiy holatlar bo'lishi mumkin. Agar sportchi kasallik yoki tibbiy holatni davolash uchun foydalanishi kerak bo'lgan dori yoki usul Jahon Antidoping Agentligining (WADA) taqiqlangan ro'yxatida keltirilgan bo'lsa, TI ruhsatnomasi musobaqa paytida ushbu sportchiga antidoping qoidalarini buzmasdan (ADRV) va amalda sanktsiya qo’llanilmagan holda ushbu modda yoki usuldan foydalanishga ruxsat berishi mumkin. TI uchun berilgan arizalar shifokorlar guruhi, Xalqaro TI komissiyasi (XTIK) tomonidan baholanadi

Milliy antidoping tashkiloti (NADO)ning TI ruhsatnomasi faqat milliy darajadagi musobaqalar va musobaqadan tashqari doping sinovlari uchun amal qiladi.

  1. TERAPEVTIK ISTISNO RUHSATNOMASI UCHUN KIM, QAERDA VA QACHON MUROJAAT QILISH KERAK?

Iltimos, o’zingiz shug’ullanadigan sport turi bo’yicha xalqaro darajadagi sportchi toifasiga kirganligingizni tekshiring. Agar siz xalqaro darajadagi sportchi bo’lsangiz, arizangizni to'g'ridan-to'g'ri Xalqaro Sinamalar Agentligi (ITA)ga yuborishingiz kerak, chunki sizning federatsiyangiz TI boshqaruv jarayonini ITAga topshiradi.

Antidoping qoidalariga bo'ysunadigan sportchilar taqiqlangan modda yoki usuldan foydalanish uchun TI ruhsatnomasi olishlari kerak bo'ladi. Shuningdek, sportchi TIni retroaktiv tarzda ham olishi mumkin.

Birinchidan, WADA taqiqlangan ro'yxatiga binoan siz qabul qilmoqchi bo'lgan yoki ishlatmoqchi bo'lgan dori yoki usul taqiqlanganligini tekshiring. Buni siz Global Drug Reference Online platformasida yoki Milliy antidoping tashkilotingiz (NADO) bilan o’zingiz ishlatmoqchi bo’lgan dori tarkibini tekshirishingiz va maslahatlashingiz mumkin.

Siz shifikor(lar)ingizga antidoping qoidalariga bo’ysunuvchi sportchi ekanligingiz haqida eslatishingiz shart. Siz va shifokor(lar) siz qabul qilmoqchi qilmoqchi bo’lgan har qanday modda yoki usulni taqiqlangan ro'yxatdan (Prohibited List) tekshirishingiz kerak. Agar siz foydalanmoqchi bo’lgan modda yoki usul taqiqlangan bo'lsa va uning muqobili bo'lmasa, TI ga murojat qilishingiz kerak. Yodingizda bo’lsin, oxir-oqibat bunga sportchilar mas’ul bo’ladilar. Agar TI arizasi to’ldirish vaqtida sizda muammolar yuzaga kelsa, Xalqaro Sinamalar Agentligining TIK (ITA ITUEC) bilan bog'laning (tue@ita.sport).

Agar siz Milliy darajadagi sportchi bo’lsangiz, favqulodda yoki istisno holatlar yuzaga kelmagan bo’lsa, zarurat tug'ilishi bilanoq, TI olish uchun Milliy antidoping agentligiga oldindan murojaat qilishingiz kerak.

Faqat musobaqa davrida taqiqlangan moddalar uchun, agar retroaktiv TI shartlaridan biri qo'llanilmagan bo’lsa, keyingi musobaqadan kamida 30 kun oldin TI ruhsatnomasi uchun ariza topshirishingiz kerak.

Agar sizda Milliy antidoping agentligi tomonidan berilgan TI ruhsatnomasi bo'lsa:

Sizning Milliy antidoping agentligi tomonidan berilgan TI ruhsatnomasi faqat milliy darajadagi musobaqalar uchun amal qiladi, xalqaro darajada ham tan olinishi uchun esa siz mazkur ruhsatnomani ITA TIK ga so'rov yuborishingiz kerak. ITA TIK ga NADO tomonidan berilgan TI ruhsatnomasini tan olishi uchun so’rovni qanday yuborish kerakligi haqida pastki bo’limlarga qarang

Agar siz xalqaro darajadagi sportchi bo'lmasangiz va siz Xalqaro federatsiyangiz (XF) tomonidan doping sinovdan o'tgan bo'lsangiz, XF sizga Milliy antidoping agentligi tomonidan berilgan TI ruxsatnomasining haqiqiyligini tan oladi (ya'ni, o’sha TI ruhsatnomasi Terapevtik Istisnolar bo’yicha Xalqaro Standart (ISTUE) mezonlariga javob beradi); agar siz xalqaro musobaqada ishtirok etayotganingiz uchun TI ruhsatnomangizni e'tirof etishlarini so’rab ariza topshirishingiz shart bo'lmasa.

Agar siz Milliy antidoping agentligi tomonidan belgilangan Milliy darajadagi sportchi bo'lmasangiz va siz XF tomonidan doping sinovdan o'tgan bo'lsangiz, ITA ITUECga retroaktiv TI ruhsatnomasi olish uchun murojaat qilishingiz kerak.

  1. TI RUHSATNOMASINI BERISH MEZONLARI QANDAY?

TI ruhsatnomasi olish uchun quyida keltirilgan to'rtta mezonning barchasi bajarilishi kerak (batafsil ma'lumot uchun WADAning Terapevtik Istisnolar Xalqaro Standarti (ISTUE) 4.2 bandiga qarang):

  1. a) Ko'rib chiqilayotgan taqiqlangan modda yoki taqiqlangan usul tegishli klinik ma'lumotlar bilan tasdiqlangan tashxis qo'yilgan kasallikni davolash uchun talab qilingan bo’lsa.
  2. b) Taqiqlangan moddani yoki taqiqlangan usulni terapevtik qo'llash, ehtimollik nuqtai nazaridan, kasallikni davolashdan keyin sportchining normal sog'lig'iga qaytishda kutilgan natijalardan tashqari unda qo'shimcha sport natijalarining yaxshilanishga olib kelmasligi.
  3. c) Taqiqlangan modda yoki taqiqlangan usul bu kasallik uchun ko'rsatilgan davo bo'lib, uning ruxsat etilgan terapevtik muqobili mavjud emas.
  4. d) Taqiqlangan modda yoki taqiqlangan usuldan foydalanish zarurati, to'liq yoki qisman, bunday foydalanish paytida taqiqlangan modda yoki usuldan oldin (TI ruxsatisiz) foydalanishning natijasi bo’lmasligi.
  5. KATTA SPORT TADBIRLARI, MASALAN, OLIMPIYA O'YINLARIDA NIMA BO'LADI?

Siz katta sport tadbirlari uchun TI ruhsatnomasi talablari qanday ekanligini tekshirishingiz kerak.

O’yinlar davridan oldin

Siz normal jarayonga amal qilishingiz va XF yoki Milliy antidoping agentligiga yangi ariza topshirishingiz kerak. Oldindan mavjud bo'lgan ADAMSga kiritilgan TI ruhsatnomalari tan olinish jarayoniga amal qiladi.

Musobaqalar davrida

Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan barcha sportchilar birinchi chora sifatida Olimpiya shaharchasi poliklinikasida joylashgan ITA TIK ofisiga murojaat qilishlari kerak.

  1. RETROAKTIV TI RUHSATNOMASINI OLISHIM MUMKINMI?

Siz retroaktiv TI ruhsatnomasi olish uchun ITA Terapevtik Istisnolar komissiyasiga murojaat qilishingiz yetarli, agar:

  1. favqulotda vaziyat yohud shoshilinch tibbiy yordam zarur boʻlganda;
  2. sportchining doping namuna olishdan oldin TI arizasi topshirishga (yoki TI arizasini koʻrib chiqishga) vaqt, imkoniyat yoki boshqa holatlarning yetarli boʻlmasligi;
  3. muayyan sport turlari yoki yoʻnalishlarning milliy darajada ustuvorligi tufayli Milliy Antidoping tashkiloti sportchiga TI arizasi topshirishga ruxsat bermasligi yoki talab qilmasligi (5.1 band sharhiga muvofiq);
  4. Agar antidoping tashkiloti Xalqaro darajadagi sportchidan doping sinama olishga qaror qilsa va ushbu sportchi Terapevtik sabablarga koʻra taqiqlangan modda yoki taqiqlangan usuldan foydalanayotgan boʻlsa, antidoping tashkiloti sportchiga retroaktiv TI arizasi berishga ruxsat berishi kerak; yoki
  5. e) sportchi musobaqa paytida taqiqlangan dori vositasini musobaqadan tashqari vaqtda terapevtik sabablarga koʻra ishlatgan boʻlsa.

Kamdan kam hollarda va istisno holatlarda hamda ISTUE-dagi boshqa qoidalarga qaramay, siz taqiqlangan modda yoki usuldan terapevtik maqsadda foydalanish uchun retroaktiv ruhsat olish uchun murojaat qilishingiz va sizning murojaatingiz qanoatlantirilishi mumkin, agar kodeksning talabidan kelib chiqib, sizga retroaktiv TI ruhsatnomasi berilmasligi adolatsizlik bo’lsa. Antidoping tashkiloti ushbu bandga muvofiq sportchiga retroaktiv TI ruhsatnomasini faqat WADA tomonidan oldindan tasdiqlangan holda berishi mumkin (bunda WADA o'z xohishiga ko'ra antidoping Tashkilotining qaroriga rozi bo'lishi yoki rad etishi mumkin).

Muhim eslatma:

TI ruhsatnomasisiz taqiqlangan modda yoki usuldan foydalanish antidoping qoidalarini buzilishiga olib kelishi mumkin.

Agar doping sinama olinganidan so'ng retroaktiv TI ruhsatnomasi zarur bo'lsa, sizga tibbiy ma’lumotlarni tayyorlash va ko’rib chiqish uchun topshirishga tayyor bo'lishingiz qat’iy tavsiya etiladi.

  1. 6. TI OLISH UCHUN ITA TERAPEVTIK ISTISNOLAR KOMISSIYASIGA QANDAY MUROJAAT QILISH KERAK?

ITA TIK kerakli tibbiy fayllar bilan birga TI arizasini ADAMS tizimi orqali yuklashni tavsiya qiladi. Agar siz hali ham ADAMS tizimida ro’yxatdan o’tmagan bo'lsangiz, uni ochish uchun tue@ita.sport manziliga murojaat qiling.

Aks holda, TI anketasini TUE Application Form yuklab oling va tegishli ravishda to'ldirilgan va imzolangandan so'ng, uni kerakli tibbiy fayllar bilan birga tue@ita.sport manziliga yuboring.

Sizning TI arizangiz katta harflar bilan yoki matn terish orqali tushunarli shaklda topshirilishi kerak.

Tibbiy fayl quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:

*To’liq tibbiy tarix, shu jumladan, (iloji bo'lsa) tashxis qo’ygan shifokor(lar)ning hujjatlari,

*Arizaga tegishli barcha tekshiruvlar, laborator tadqiqotlar va tasviriy o’rganishlar natijalari.

Sportchi tomonidan TI ruhsatnomasiga ariza berish va uni ITA TIK talabiga mos ravishda to'ldirish uchun qilinadigan har qanday xarajatlar sportchining zimmasidadir.

To'liq yoki tushunarli bo'lmagan har qanday TI ariza ko'rib chiqilmaydi va to'ldirish va qayta topshirish uchun (sportchiga) qaytariladi.

Siz va sizning shifokoringizga to'g'ri tibbiy hujjatlarni taqdim etishda yordam bo’lishi uchun WADAning TI ilovalari uchun nazorat ro'yxatlari (Checklists for TUE applications)ga jarayonida yo’l yo’riq ko’rsatish va qo’llab quvvatlash uchun maslahat olish va TI ruhsatnomasining muayyan umumiy tibbiy sharoitlar, muolajalar, moddalar bo'yicha Medical Information to Support the Decisions of TUECs ga murojaat qilishni maslahat beramiz.

Yuborilgan TI ariza anketasi va uni qo'llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan barcha tibbiy ma'lumotlar va ularni tasdiqlovchi hujjatlarni to'liq nusxasini o’zingizda (ham) saqlang.

  1. QANDAY QILIB ITA NING TERAPEVTIK ISTISNOLAR KOMISSIYASIGA MENGA MILLIY ANITIDOPING AGENTLIGI TOMONIDAN BERILGAN TI RUHSATNOMASINI TAN OLISHLARINI SO'RAB MUROJAAT QILISHIM MUMKIN?

Sizning tan olish haqidagi so'rovingiz ITA TIKga yozma ravishda sizning ADAMS tizimidagi TI ma’lumoti raqamini keltirgan holda yuborilishi kerak.

Tan olish haqidagi ITA TIKga yuborgan so'rovingiz haqidagi dalilning to'liq nusxasini o’zingizda saqlang.

  1. MEN TI ARIZAM QANOATLANTIRILGANI HAQIDAGI YOHUD TAN OLISH UCHUN YUBORGAN TALABIM QARORINI QACHON OLAMAN?

ITA TIK qarorini iloji boricha tezroq va odatda TI ruhsatnomasi bo’yicha to'liq ariza yoki tan olish to’g’risidagi arizani istisno holatlardan tashqari, olingan kundan boshlab 21 kun ichida qaror qabul qilishi kerak

  1. TI RUHSATNOMAMNI YANGILASHIM UCHUN NIMA QILISHIM KERAK?

Har bir TI ruhsatnomasi ma'lum bir muddatga ega bo’lib, oxirida u avtomatik ravishda tugallanadi. Agar siz taqiqlangan modda yoki usuldan foydalanishni davom ettirishingiz kerak bo'lsa, joriy muddat tugashidan oldin yangilangan tibbiy ma'lumotlarga ega bo'lgan TI ruhsatnomasi uchun yangi ariza topshirishingiz kerak, shunda qaror qabul qilish uchun yetarli vaqt bo'ladi.

Muhim eslatma:

Taqiqlangan modda yoki usulning mavjudligi (ma’lumotlar to’plashdan keyin), foydalanish, egalik qilish yoki qo’llash TI arizasining shartlariga muvofiq kelishi kerak. Shuning uchun, agar siz dori moddasidan foydalanishda, dori moddasining miqdori, uning iste’mol qilish vaqti, dori moddasining qabul qilish yo’li yoki muddati o’zgarsa, ITA TIK bilan bog'lanishingiz kerak, sababi sizdan yangi TI ruhsatnomasi uchun ariza berish talab qilinishi mumkin. Ba'zi moddalar va dozalar, masalan, insulin, ko’pincha davolanish paytida tez-tez o'zgartiriladi va bu mumkin bo'lgan tebranishlar davolovchi shifokor tomonidan TI ruhsatnomasi ilovasida qayd etilishi kerak va bu odatda ITA TIK tomonidan qabul qilinadi.

  1. AGAR MENING TI ARIZAM ITA TIK TOMONIDAN RAD ETILSA NIMA BO'LADI?

TI uchun topshirilgan arizani rad etish to'g'risidagi qaror uni yozma tushuntirishni ham o'z ichiga oladi. Agar sizga tushunarsiz bo'lsa, TI arizangiz nima uchun rad etilganini aniq tushunish uchun ITA TIK bilan bog'laning. Ba'zida muhim ma'lumot, diagnostika tekshiruvi, laboratoriya natijalari yetishmayotgan va hokazo bo'lishi mumkin. Bunday holda, siz ITA TIKga qayta murojaat qilishingiz kerak.

Siz yoki sizning milliy antidoping agentligingiz ITA TIK qarori to'g'risida xabar berilgandan keyin 21 kundan kechiktirmay, masalani qayta ko'rib chiqish uchun WADAga yuborishingiz mumkin. Siz ITA TIKga taqdim etgan va TI ruhsatnomasini rad etish to'g'risidagi qarorga asoslangan ma'lumotlarni xavfsiz onlayn usul orqali yoki ro'yxatdan o'tgan pochta orqali quyidagi manzilga yuborishingiz kerak:

WADA Medical Department

World Anti-Doping Agency

Stock Exchange Tower

800 Place Victoria (Suite 1700)

P.O. Box 120

Montreal (Quebec) H4Z 1B7

Canada

 

So'rovni so'rash yoki ko'rib chiqish uchun yuborish uchun elektron pochta manzili: medical@wada-ama.org

Shuni ta'kidlash kerakki, WADA ko'rib chiqish so'rovini davom ettirishga majbur emas. Bunday holda, siz yoki NADO Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilishi mumkin.

  1. AGAR MILLIY ANTI DOPING AGENTLIGI TOMONIDAN BERILGAN TI RUHSATNOMASI ITA TIK TOMONIDAN TAN OLINMASA NIMA BO'LADI?

Siz yoki sizning Milliy antidoping agentligingiz qaror qabul qilingan kundan boshlab 21 kun ichida ushbu qarorni qayta ko'rib chiqish uchun WADAga murojaat qilishlaring mumkin. Ko’rib chiqish uchun so'rovni quyidagi pochta manziliga yuborish lozim: medical@wada-ama.org. Shu bilan bir birda, siz quydagi manzilga xat orqali ham yuborishingiz mumkin:

WADA Medical Department

World Anti-Doping Agency

Stock Exchange Tower

800 Place Victoria (Suite 1700)

P.O. Box 120

Montreal (Quebec) H4Z 1B7

Canada

 

WADAga ham Milliy aniti doping agentligiga taqdim etgan ma'lumotlaringizni topshirilishi kerak. Hujjatlarni ro'yxatdan o'tgan pochta orqali yuborolmasangiz, xavfsiz onlayn usuldan foydalaning.

WADA qarorigacha, sizning milliy antidpoing agentligingiz tomonidan tasdiqlangan TI ruhsatnomangiz faqat milliy darajadagi musobaqalar va musobaqadan tashqari sinovlar uchun amal qiladi.

Agar masala WADAga ko'rib chiqish uchun yuborilmagan bo'lsa, milliy antidpoing agentligi sizga berilgan asl TI milliy darajadagi musobaqa va musobaqadan tashqari testlar uchun amal qilishi kerakligini aniqlashi kerak.

  1. MENING TIBBIY MA'LUMOTLARIM MAXFIY TARZDA SAQLANADIMI?

TI arizasida mavjud bo'lgan barcha ma'lumotlar, shu jumladan qo'llab-quvvatlovchi tibbiy ma'lumotlar va sizning TI ruhsatnoma so'rovingizni baholash bilan bog'liq har qanday boshqa ma'lumotlar qat'iy maxfiy saqlanadi va ADAMS TI ruhsatnomasi va TI ruhsatnomasi anketasida mavjud bo'lgan sportchining Deklaratsiyasiga muvofiq ko’rib chiqiladi. ITA TIKning barcha a'zolari va sizning TI ruhsatnomasi so'rovingiz va tegishli ma'lumotlarning boshqa vakolatli oluvchilari (sportchining deklaratsiyasida ko'rsatilganidek) professional yoki shartnomaviy maxfiylik majburiyatiga ega.

Iltimos, sportchining Deklaratsiyasi shartlarini diqqat bilan ko'rib chiqing. Xususan, shuni esda tutingki, agar siz ITA TIKning sportchi deklaratsiyasiga muvofiq TI ruhsatnomasi bilan bog'liq ma'lumotlarni olish uchun huquqini bekor qilmoqchi bo’lsangiz, sizning TI bo’yicha arizangiz tasdiqlanmasdan (yoki tan olinmasdan) qaytarib olingan deb hisoblanadi.

Sizning TI so'roviga oid ma'lumotlaringiz ITA TIK va boshqa vakolatli oluvchilar tomonidan Maxfiylik va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha xalqaro standartga muvofiq, sportchining deklaratsiyasida ko'rsatilgan maqsadlar uchun zarur bo'lgan vaqtdan ko'p bo’lmagan vaqt davomida saqlanib qoladi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish