Fransiya polisiyasi olimpiada chempioni Taufik Maxlufi ishi bo’yicha tergov olib bormoqda. Polisiya Parijdagi Milliy sport institutida (INSEP) topilgan doping preparatlari Maxlufiga tegishliligini aniqlamoqda. Sentyabrda INSEP da o’tkazilgan tintuv davomida polisiyachilar shprislar va inyeksiya uchun mo’ljallangan dori vositalari mavjud sport sumkasini topishgan. Xuddi shu sumkada Maxlufining xujjatlari ham bor edi. Eslatamiz, T.Maxlufi – 1500 m masofaga London-2012 olimpiada chempioni, ikki karra Rio-2016 kumush medali sovrindori, 2019 yil jahon chempionati kumush medali sohibi.