Bugun, Butunjahon antidoping agentligi tomonidan tashkil etilgan “WADA TUE virtual Symposium«da taqiqlangan moddalardan davolanish maqsadida foydalanish uchun ruxsatnomalar olish boʻyicha yillik yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan anjuman bu yil pandemiya sababli onlayn shaklda oʻtkazildi. Mazkur yigʻilishda 170 dan ortiq davlatlardan 800ga yaqin vakillar ishtirok etishdi (milliy antidoping agentliklari, antidoping laboratoriyalari, xalqaro federatsiyalar mutaxassislari).
Ushbu yigʻilishda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov ham bevosita ishtirok etdi va oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.
Mazkur yigʻilishni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad bu safar COVID-19 pandemiyasi davrida xastalangan sportchilarni davolashda taqiqlangan dori vositalaridan foydalanishning miqdori, jumladan sport turlari boʻyicha taqsimlanishi masalalari koʻrib chiqildi va aniq taklif hamda tavsiyalar berildi.
Alohida taʼkidlab oʻtish lozim, oʻtgan yil davomida turli kasalliklar boʻyicha sportchilar tomonidan taqiqlangan moddalardan davolanish maqsadida foydalanish uchun ruxsatnomalar olish boʻyicha yoʻllangan murojaatlar 4.5 barobar ortgani, berilgan ruxsatnomalar soni esa deyarli oʻzgarmagani, yaʼni, sportchilar taqiqlangan moddalardan yetarli darajada asossiz foydalanishga urinishlaridan darak bermoqda.
OʻzMADA
Matbuot xizmati