eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Doping haqida nimalarni bilasiz?

Doping inglizcha “dope” soʻzidan olingan boʻlib, “qoʻzgʻatuvchi giyoh” degan maʼnoni bildiradi.

Musobaqa muvaffaqiyatlarini va sport natijalarini oshirish maqsadida Organizmga yod moddalarni odatdan yuqori miqdorda va turli yoʻl bilan sunʼiy va nohaq ravishda sportchi organizmga yuborilgan moddaga – doping deyiladi.

Inson organizmining faoliyatini sunʼiy qoʻzgʻatuvchi vositalar doping modda yoki uslubi hisoblanadi. Dopingni inson organizmiga koʻrsatadigan taʼsirlar ham mavjud.

Bular:

– tizimlar faoliyatini tejamsiz sarflash;

– turli patologik holatlarni vujudga keltirish;

– yuklamalardan keyingi taʼsirni kuchaytirish;

– tizimlar faoliyatini sunʼiy qoʻzgʻatish;

– jismoniy oʻta zoʻriqish.

Qisqa muddatga tizimlar faoliyati oshib, soʻng keskin susayishi va jismoniy ishchanlikning pasayishi doping vositasi taʼsirining xususiyati hisoblanadi. “Sportda qoʻllanilishi taʼqiqlangan modda va uslublar roʻyxati”da 9 turdagi moddalar va 3 uslubdagi guruhlar mavjud.

Asosan, inson tanasida mavjud boʻlgan taqiqlangan moddalar yaʼni dopingni aniqlashda siydik va qonning kimyoviy tahlilidan foydalaniladi. Doping-nazorati musobaqa jarayonida va musobaqadan tashqari davrda asosan I-II-III- oʻrin sovrindorlarida amalga oshiriladi. Doping birinchi marta aniqlangan taqdirda sportchiga nisbatan 4 yilgacha muddatga musobaqalardan chetlatish (diskvalifikatsiya) chorasi qoʻllaniladi. Doping taʼsirida sportchi organizmining yurak-qon tomir, asab va endokrin tizimi koʻproq zararlanadi.

Taqiqlangan biologik moddalar Milliy antidoping agentligi tomonidan qatʼiy nazoratga olingandi va buning uchun kodeks ham qabul qilingan. Butunjahon Antidoping agentligi tomonidan ishlab chiqilgan kodeksga asosan u yoki bu choralar koʻriladi. Bular jarimadan boshlab, koʻpincha sportdan muayyan muddatga chetlatish yoki umrbod sportdan chetlatish jazosi bilan yakunlanadi.

Biologik faol qoʻshimchalar ozuqa sifatida isteʼmol uchun ruxsat berilgan mahsulotlarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish inson salomatligi uchun xavfli ekanligini mutaxassislar tomonidan taʼkidlanadi.

Sport ozuqalarini eng katta muammosi ular dori-darmon deb hisoblanmaydi. Shuning uchun bunday vositalar oziq-ovqat doʻkonlari, bozorlar va dorixonalarda sotiladi.

Mahsulotlarni asosan insonlar oʻzlari qidirib topishmaydi, aksincha oʻzgalarning tavsiyasi bilan sotib olishadi va isteʼmol qilishadi. Bu moddalarning foydali tomonlari ham bor albatta, lekin asosan inson tanasining tashqi va ichki tomondan zararlanishiga olib keladi.

Эслатма! Антидопинг қоидаларини бузган спортчилар, мураббийлар, шифокорлар ва бошқа шахсий таркиб вакиллари учун жазо муқаррардир!.

OʻzMADA

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish