eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Amerikalik olimlar mutlaqo yangi doping-testlash gʻoyasini eʼlon qilishdi

Joriy haftada butunjahon antidoping sohasida haqiqiy yangilik boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Florida innovatsiyalar va ilmiy-tekshirish markazining bir guruh olimlari ilmiy anjuman doirasida oʻz ihtirolarining taqdimotini oʻtkazishdi.

Bu sportchi organizmida taqiqlangan steroidlarning zarracha qoldiqlarini, shu jumladan “dizaynerlik”, yaʼni donalab yaratiladigan va koʻpincha doping-nazoratida topilishi murakkab boʻlgan steroidlarni aniqlash imkoniyatiga ega maxsus asbob-uskunadir.

Yangi asbob-uskuna steroidlar molekulalarini shunday parchalaydiki, endogen (yaʼni organizmda tabiiy ishlab chiqiladigan) steroidlarni ekzogen (yaʼni sunʼiy) steroidlardan oson ajratib oladi va doping moddalarning molekulyar formulalarini oldindan bashorat qila oladi. Endilikda u yoki bu steroidni aniqlash uchun uning kimyoviy formulasini oldindan bilish shart emas boʻlib, ihtiro qilingan asbob-uskuna moddalarning qaysi biri dopingu qaysinisi taqiqlanmaganligi toʻgʻrisida xulosa chiqarib beradi.

Ihtirochilarning fikriga koʻra, mazkur asbob-uskuna yordamida ohirgi yillarda keng rivojlangan dizaynerlik steroidlar bozorini yoʻq qilishga yordam beradi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish