Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida joriy yilning 25-26-aprel kunlari qilichbozlik boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi Osiyo-Okeaniya saralash musobaqasi oʻtkazildi.
Ushbu xalqaro musobaqa jarayonlarini bevosita kuzatish hamda doping nazoratini oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari ham 2 kun mobaynida faoliyat olib borishdi.
Doping nazoratini oʻtkazish jarayonida sportchilar bilan suhbatlar ham oʻtkazildi va kerakli tavsiyalar berildi.
Alohida taʼkidlab oʻtishimiz lozim, Oʻzbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasidan saralab olingan volontyor yoshlar mazkur musobaqada doping-nazoratchi yordamchisi sifatida amaliyot ham oʻtashdi.
OʻzMADA
Matbuot xizmati