eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Bilib qo‘ygan yaxshi

Quyida sizlarga taqiqlangan modda va uslublarni tekshirish, maishiy giyohvand moddalardan chetlab o‘tish, ozuqiy qo‘shimchalar va sport ozuqalarini isteʼmol qilishda ogoh bo‘lish hamda ayrim xastaliklarda terapevtik qo‘llash uchun ruxsat olish kabi foydali maslahatlarni berib o‘tmoqchimiz.

Faoliyatingiz uzoq va muvaffaqiyatli davom etishi uchun doping to‘g‘risida imkon qadar ko‘proq maʼlumotga ega bo‘ling. Jamoa shifokori yoki maʼlumotlar bazalaridan, masalan, dori-darmonlar bo‘yicha global onlayn qo‘llanmadan (www.globaldro.com) kerakli maʼlumotlarni oling. Sizga shifokoringiz tomonidan buyurtirilgan dorini doim qayta tekshirishga odatlaning. Chunki hamma sport shifokorlari ham antidoping qoidalari va WADA Butunjahon antidoping kodeksidagi yangiliklardan bexabar bo‘lishi mumkin.

WADAning taqiqlangan ro‘yxati.

WADA tomonidan taqiqlangan ro‘yxat barcha sportchilar uchun hayotiy manba bo‘lib, unda sportda qo‘llanilishi taqiqlangan moddalar (substansiyalar) va moddalar keltirib o‘tilgan. U yoki bu dori vositasini qabul qilishdan avval uni doim ro‘yxat bilan solishtiring. Agarda preparat va siroplar bo‘yicha sizda shubha paydo bo‘lsa bizga – O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga murojaat qiling.

To‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qiling!

O‘z vaqtida va tartib bilan ovqatlanishning o‘zi ishchanligingizni yaxshilab, tanangizni barcha zarur ozuqiy moddalar va quvvat bilan taʼminlaydi.

Ozuqiy qo‘shimchalar va sport ozuqalarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qiling!

ozuqiy qo‘shimchalar va sport ozuqalarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan isteʼmol qiling va ular 100% ishonchli bo‘lmasa, ulardan voz keching. Qo‘shimchalarga tasodifan yoki atayin turli taqiqlangan moddalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, isteʼmol qilgan barcha narsalar uchun siz masʼul bo‘lib, tegishli javobgarlikka tortilishingiz mumkin. Shifokor maslahatisiz hech qachon turli modda yoki qo‘shimchadan foydalanmang va tasodifiy doping isteʼmolidan o‘zingizni asrang.

“Maishiy” giyohvand moddalardan ehtiyot bo‘ling!

“Maishiy” giyohvand moddalar, jumladan marixuana, nasha, geroin yoki kokain, Sizning salomatligingiz uchun o‘ta xavfli bo‘lib, faoliyatingiz va shaxsiy hayotingizga katta ziyon keltiradi. Bu moddalar musobaqa davrida taqiqlangan bo‘lib, isteʼmol qilgandan so‘ng tanangizda uzoq vaqt davomida saqlanib qolishi mumkin.

Anabolik steroidlar nima?

Anabolik steroidlar ko‘pincha soch to‘kilishi, husnbuzarlar tarqalishi, erkaklarda tuxumchalar qisqarishi va ko‘krak bezlari kattalashishi, erta yurak xastaliklari va psixologik nojo‘ya taʼsirlarining rivojlanishiga olib keladi.

Barcha sportchilar bilishi lozim!

Sportchining turar joyi to‘g‘risida maʼlumot doping isteʼmolchilarini aniqlash va toza sportni taʼminlashning muhim omilidir. Test olish uchun belgilangan joy va vaqtda, hafta davomida, barcha musobaqa va mashg‘ulotlar jarayonida doim mavjud bo‘ling. 12 oylik davr mobaynida uch marta test olishni o‘tkazib yuborgan taqdiringizda sizga nisbatan intizomiy jazo (sanksiya) qo‘llanilishi mumkin. Agar siz test olish ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsangiz, turar joyingiz to‘g‘risida maʼlumotni muntazam taqdim etib boring.

Doping nazoratdan o‘tish.

Hech qachon test topshirishdan qochmang, bo‘yin tovlamang va sinamani qalbakilashtirishga urinmang. Test sinamasini qalbakilashtirish, almashtirish yoki yo‘q qilish, test topshirishdan qochish yoki bo‘yin tovlash – bu antidoping qoidalarini qo‘pol ravishda buzishdir.

Terapevtik qo‘llash.

Agar sog‘lig‘ingizda jiddiy muammolar bo‘lsa, siz taqiqlangan modda yoki uslubni terapevtik qo‘llash uchun ruxsat olish maqsadida ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin. Bunda asosiy shart shuki, davolash sport natijalaringizni yuksaltirmasligi va boshqa alternativ davo uslubi mavjud bo‘lmasligi lozim.

Doping – bu firibgarlik. O‘zingizni va jamoadoshlaringizni hurmat qiling, ulardan ko‘proq o‘zingizni hurmat qiling. Unutmang, faqat mard kurashgan sportchi haqiqiy g‘olibdir.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.

O‘zMADA

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish