Dunyo sport bayrami hisoblangan Olimpiadaga ham oz fursat qolmoqda. Ushbu nufuzli turnirda har bir davlat sportchilari jiddiy tayyorgarlik ko‘rishadi va mamlakat bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishadi.
Albatta, xalqaro va ichki musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallash yaxshi lekin sportda mumkin bo‘lmagan yo‘llar bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgan “iqtidorli” sportchilar ham yo‘q emas.
Yurtimizda ham bu borada noqonuniy yo‘llar bilan g‘alabalarga erishib kelayotgan sportchilardan taqiqlangan moddalarni aniqlash va sportchilarga tushuntirishlar berish maqsadida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va agentlikning Antidoping taʼlim dasturlari bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quv-seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Sportchilar taqiqlangan moddalardan holi bo‘lishi va unday illatlardan yiroq bo‘lishlari uchun esa albatta mutaxassislarning tavsiyalari darkor. Anʼanani davom ettirgan holda, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari kecha poytaxtimizda joylashgan Respublika olimpiya zaxiralari kollejida mashg‘ulot olib borayotgan suv sporti bo‘yicha terma jamoa aʼzolari bilan “Sportchidan doping sinamalar olish” mavzusida seminar o‘tkazishdi.
Seminar davomida sportchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan javoblar olishdi.
Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.
OʻzMADA
Matbuot xizmati