Butunjahon antidoping agentligi (WADA) «DCO CENTRAL» yangi mobil ilovani ishga tushirmoqda.
Butunjahon antidoping agentligi anchadan beri kutilayotgan «DCO Central» mobil ilovasini tez kunlarda ishga tushiradi. Ushbu ilovani bepul yuklab olib, undan doping-sinamalarni yig‘ish jarayonida Apple Store va Google platformalarida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Endi doping-ofitserlar (DCO) tomonidan doping-nazoratining anʼanaviy qog‘oz shaklida rasmiylashtirishdan to‘liq voz kechib, kerakli maʼlumotlarni onlayn va oflayn tartibda xavfsiz va tezkor yig‘ish uchun qulay imkoniyat yaratildi.
“So‘ngi yillarda ADAMS tizimi yana-da takomillashtirilib, uning tarkibida “Athlete Central” va “Testing Center” kabi ilovalar joriy etildi. Mazkur yangi modullar dunyo bo‘ylab minglab sportchilar va boshqa manfaatdor tomonlardan iliq kutib olindi. O‘ylaymizki, butunjahon antidoping hamjamiyati bu yuqori sifatli ilovaning joriy etilishini ham qo‘llab-quvvatlaydi”, - dedi WADA bosh direktori Olivye Nigglin.
“DCO Central” mobil ilovasining xususiyatlari nimalardan iborat?
1. Doping-nazoratining soddalashtirilgan shakllari qo‘llaniladi;
2. Maʼlumotlar ADAMS tizimida real vaqt tartibida avtomatik sinxronizatsiya qilinadi;
3. Doping-nazoratining har bir bosqichida natijalarga ishlov berish tezligi va samaradorligi oshadi;
4. Sportchilarga tegishli shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash yana-da kuchayadi;
5. Ilova Android va IOS platformalarida onlayn va oflayn tartibda ishlaydi.
Hozirda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ham “DCO Central” mobil ilovasini milliy doping-ofitserlar amaliy faoliyatiga joriy etish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Tez orada mamlakatimizda ham mazkur ilovadan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa albatta anchayin qulayliklarni yaratib beradi.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati