O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi 2018 yildan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, shu kunga qadar bir nechta mamlakatlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Oldinlari xalqaro seminarlar va o‘quv-mashg‘ulotlar anʼanaviy tarzda o‘tkazilgan bo‘lsa, hozirda butun dunyoda hukm surayotgan pandemiya sababli bunday tadbirlar onlayn o‘tkazilayotir.
Shunday seminarlardan navbatdagisi onlayn tashkil etilmoqda. Joriy yilning 21-22 may hamda 29-30 may kunlariga rejalashtirilgan xalqaro onlayn seminar shular jumlasidandir. “Turciw antidoping commision” tomonidan tashkil etilgan mazkur seminarda Turkiya antidoping agentligi va RADACO (Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) antidoping agentliklari ham o‘z takliflari bilan ishtirok etishmoqda.
Navbatdagi seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy antidoping agentliklarida faoliyat olib borayotgan xodimlarni malakasini yana-da oshirish va yangi innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish usullarini o‘rgatish va amaliyotga tatbiq qilishga qaratilgan.