O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 1961 yil 24 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, davlat idoralaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Abdulla Nigmatovichni samimiy muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘lik, tinchlik-omonlik, baxt-saodat, masʼuliyatli davlat lavozimidagi faoliyatiga yangi zafarlar tilaydi.