Milliy antidoping agentligi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan federatsiya va assotsiatsiyalar bilan hamkorligini davom ettirmoqda.
Agentlik tashabbusi bilan sportchilar ishtirokida o‘quv-seminarlar o‘tkazilib, sportchining majburiyatlari va huquqlari to‘g‘risida tushuntirishlar berib kelinmoqda.
Ushbu ezgu ishning amaliy davomi sifatida agentlik xodimlari karate bo‘yicha terma jamoa sportchilari bilan uchrashuvda bo‘lishdi. U yerda sportchilar, murabbiylar va terma jamoa shifokorlariga tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur seminarlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad mamlakatni dopingdan holi hududga aylantirish va halol sportni targ‘ib qilishdan iborat.
Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati