eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Nodirjon Tursunov murabbiy va shifokorlarga o‘z tavsiyalarini berdi

Mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini taʼminlash hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham so‘zimiz isboti bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Paralimpiyachilarga yaratib berilayotgan qulash shart-sharoitlardan kelib chiqib sportchilarimiz ham mamlakat bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib kelmoqda. Albatta sportchilarning qo‘lga kiritayotgan natijalarida murabbiylar va shifokorlarning o‘rni alohida.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida shifokorlar va murabbiylar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida N.Tursunov ularga Olimpiadadan oldin sportchilar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish, ularni dopingga tushib qolishini oldini olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. O‘z o‘rnida murabbiy va shifokorlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va kerakli javoblarni olishdi.

 Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish