Xabaringiz bor joriy yilning 4-6 iyun kunlari mamlakatimiz yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga vakillarimiz ham jiddiy tayyorgarlik olib borishmoqda.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi tomonidan ushbu qitʼa birinchiligini yuksak saviyada tashkil etish bo‘yicha qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Musobaqaga nafaqat tashkiliy jihatdan jiddiy eʼtibor berilmoqda, qolaversa, sportchilarning jismoniy tayyorgarligi ham kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Shu maqsadda ayni paytda terma jamoa aʼzolari Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda.
Mazkur musobaqada doping sinamalarni olish Milliy antidoping agentligiga ishonib topshirilgan. Shu sababli bugun agentlik xodimlari sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Agentlikning Antidoping qoidabuzarliklari va ADAMS monitoringi bo‘limi boshlig‘i Nigora Azamatova hamda Doping testlarni rejalashtirish va terapevtik istesno bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Tursunovalar sportchilarga ADAMS tizimini qanday ishlatish, dopinga tushib qolmaslikni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berishdi. Shuningdek, sportchi va murabbiylarga tarqatma materiallar ham tuhfa etildi.
Milliy antidoping agentligi ertaga yani 4 iyun kuni start oladigan Osiyo chempionatida barcha sportchilarga omad yor bo‘lishini tilab qoladi!
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati