O‘zbekiston milliy antidoping agentligi xodimlari navbatdagi o‘quv-seminarni o‘tkazish uchun yengil atletika federatsiyasida bo‘lishdi.
Sportchilar, sport shifokorlari va murabbiylar ishtirok etgan seminarda doping haqida va doping-sinamalarni qanday topshirish bo‘yicha ishtirokchilarga tushunchalar berildi.
Bu kabi o‘quv-seminarlar yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar uchun ayni muddao bo‘lmoqda.