Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov 1974-yil 17 iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan. A.Abduhakimov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida bakalavr hamda Yaponiyaning Xitotsubasi universitetida magistr darajasini tamomlagan.
Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi. Faoliyatini “Ipak yo‘li” aksiyadorlik tijorat bankida bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan. Hozirda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.
Aziz Abduqahhorovich mamlakat rivoji, shuningdek o‘zbek sportini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida tinim bilmay mehnat qilib kelmoqda. Hozirda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston badminton va O‘zbekiston shaxmat federatsiyalarining raisi ham hisoblanadi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Aziz Abduhakimovni bugungi tavallud ayyomi munosabati bilan tabriklaydi hamda ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, sportimiz rivoji yo‘lida olib borayotgan ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!