Mamlakatimizda olimpiya va milliy sport turlari yildan yilga rivojlanib bormoqda.
Buning natijasini esa ko‘plab mamlakat, Osiyo, jahon va Olimpiada chempionlari yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib kelayotganidan bilsak bo‘ladi. Alohida taʼkidlab o‘tishimiz lozim, sportchilarimizning ko‘rsatayotgan yuksak natijalari ortida Hukumatimiz tomonidan berilayotgan eʼtibor tahsinga loyiq.
O‘zbek sportini rivojlanishi yo‘lida jonbozli ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Milliy antidoping agentligini ham alohida eʼtirof etish lozim. Agentlik xodimlari sport federatsiya va assotsiatsiyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda, mamlakatda halol sport targ‘iboti yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, agentlik xodimlari hozirda ko‘plab ishqibozlariga ega bo‘lgan og‘ir atletika sportchilari bilan davra suhbatini o‘tkazishdi. Hozirda Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulotlarini olib borayotgan sportimiz kelajagi bo‘lgan og‘ir atletikachilarga doping nima ekanligi, uning inson salomatligiga taʼsiri to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Davra suhbati davomida sportchilarga agentlik tomonidan tayyorlangan tarqatma o‘quv-qo‘llanmalar taqdim etildi. O‘ylaymizki bu kabi davra suhbatlari mamlakat sportining rivojlanishi yo‘lida ijobiy samarasini beradi.