eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

N.Tursunov I Xalqaro “Tibbiy faoliyatning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda maʼruzachi sifatida ishtirok etdi

Mamlakatimizda xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi so‘ngi yillarda Hukumatimiz tomonidan tibbiyot sohasiga ham katta eʼtibor berilmoqda. Oliy taʼlim muassasalari filiallari va universitetlar qoshida fakultetlar faoliyat boshlayotgani ham so‘zimiz isboti bo‘la oladi.

 Qilinayotgan ishlarning amaliy davomi sifatida bugun Samarqandda “Tibbiy faoliyatning dolzarb muammolari” mavzusida I Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda. Mazkur anjuman onlayn tarzda tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina hamda Qozog‘istonning sport tibbiyoti sohasidagi 300 dan ortiq yetakchi ilmiy xodimlar va amaliyotchi sport shifokorlari ishtirok etishmoqda.

 Ushbu anjuman sport tibbiyoti sohasida tashkil etilganligini inobatga olib, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ham anjumanda ishtirok etish uchun taklif etildi. Anjumanda maʼruzachi sifatida ishtirok etgan agentlik bosh direktori Nodirjon Tursunov “Sportda biologik faol qo‘shimchalarni isteʼmol qilinishining doping-xavflari” mavzusida maʼruza qildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.

 N.Tursunovning maʼruza matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati


Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish