Yopiq inshootlarda 1500 va 5000 metr masofaga yugurish bo‘yicha AQSH chempioni.
Barchamizga maʼlum barcha sport turlarida bo‘lgani kabi yengil atletikada ham sportchidan anchagina energiya talab qiladi. Biron bir yaxshi natija ko‘rsatish uchun sportchi jismonan baquvvat bo‘lishi kerak yoki sunʼiy quvvat beruvchi moddalardan foydalanishi mumkin. Albatta bu yo‘llardan birinchisi sportchi uchun yaxshi. Lekin o‘z salohiyatiga ishonmay, o‘z ustida ishlamay osonlik bilan g‘alabalarga erishish uchun sunʼiy quvvat beruvchi preparatlar isteʼmol qilayotgan sportchilar ham yo‘q emas.
Shunday sportchilardan biri, Tokio-2020 o‘yinlarida medal uchun eng yorqin nomzodlardan biri sanalgan amerikalik sportchi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Yopiq inshootlarda 1500 va 5000 metr masofaga yugurish bo‘yicha 2019 yil AQSH chempioni Shelbi Guligan topshirgan doping-sinamasida taqiqlangan anabolik steroid moddasi aniqlangan.
Sh.Guligan yanvar oyida navbatdagi olimpiya saralash mashg‘ulotlari boshlanishidan bir necha kun avval topshirgan doping-sinamada nandrolon chiqqan. 28-yoshli sportchi Tokio-2020 medaliga nomzod bila turib doping isteʼmol qilmagani, taqiqlangan steroid uning tanasiga «zararlangan go‘sht» orqali kirib qolgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikri Axloq komissiyasi aʼzolari yetarli darajada uzrli sabab deb hisoblashmagani bois, u 2025 yilga qadar sportdan chetlashtirildi.
Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati