eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Sportchi 2021 yil 7 maydan boshlab, 2025 yil 6 mayga qadar barcha sport tadbirlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha «Memorial Xarlampiyev» nomli jahon kubogi bahslari o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur turnirda o‘zbekistonlik sambochilar ham munosib ishtirok etib, musobaqa yakuniga ko‘ra, 2 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi. Ushbu xalqaro turnirda -98 kg vaznda ikkinchi o‘rinni egallagan Dilshod Choriyevdan (sportcha sambo)  olingan doping-sinamadameldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlanganligi sababli tekshiruv boshlangan edi.

FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining 2021 yil 23 iyun kunidagi maʼlumotiga ko‘ra, sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Dilshod Choriyevning doping-sinamasida aniqlangan “meldoniy” taqiqlangan moddasi yuzasidan FIAS Axloq bo‘yicha komissiyasi yakuniy qarorni qabul qildi.

 Ushbu qarorga ko‘ra, FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining Antidoping qoidalariga muvofiq, Dilshod Choriyev 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Sportchi 2021 yil 7 maydan boshlab, 2025 yil 6 mayga qadar barcha sport tadbirlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

 Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, Butunjahon antidoping agentligining Taqiqlangan ro‘yxatida meldoniy 2016 yildan beri ro‘yxatning “S4. Metabolizm gormonlari va modulyatorlari” guruhiga kiritilgan doping moddasidir.

 Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish