eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Millat qahramoni bo‘lgan bokschilarga o‘quv-seminar o‘tkazildi

Barcha sport ixlosmandlari orziqib kutayotgan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XXXII yozgi olimpiya va XVI paralimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi.

Ushbu ikki sport tadbirida mamlakatimiz sharafini yanada yuksaltirishga intilayotgan sportchilarimiz uchun keng imkoniyat, qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Mazkur musobaqalarda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirib, O‘zbekiston sport delegatsiyasini antidoping mavzulariga oid tegishli o‘quv-axborot materiallari va turli ko‘rgazmali maʼlumotlar bilan taʼminlash kabi vazifalar bilan bevosita mashg‘ul bo‘ladi.

Katta sport tadbiri oldidan Agentlik tomonidan sportchilarimizni dopingdan asrash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlari uchun antidoping o‘quv-seminarlari o‘tkazilib, dopingga qarshi kurashga oid turli mavzularda taqdimotlar, davra suhbatlari uyushtirilmoqda. Ushbu seminarlar bevosita sportchilarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari joylarida hamda karantin tartibini hisobga olgan xolda onlayn shaklda ham tashkil etilmoqda.

Bugun rejaga asosan, Agentlikning Doping sinovlarini rejalashtirish va terapevtik istisnolar bo‘limi hamda Antidoping qoidabuzarliklar va ADAMS monitoringi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Yangiobod o‘quv bazasida o‘quv-mashg‘ulotlarni olib borayotgan O‘zbekiston boks federatsiyasi sportchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda asosan, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilarga antidoping qoidabuzarliklari, doping-sinamalarni topshirish tartibi va ADAMS tizimi, ruxsat etilgan dori moddalarini qo‘llashda terapevtik istisno bo‘yicha tushuntirishlar berildi va tarqatma o‘quv-qo‘llanmalar taqdim etildi.

O‘ylaymizki bu kabi o‘quv-seminarlari o‘z samarasini beradi va mamlakatni dopingdan holi hududga aylantirishdagi samarali vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Shu o‘rinda, Tokio-2020 olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschilarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish