Kuni kecha Oliy sport arbitraj sudi AQSHlik sportchi Brianna Maknilning unga berilgan 5-yillik diskvalifikatsiya muddatiga norozi bo‘lib kiritgan apellyatsiya arizasini rad etdi.
100 m masofaga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha 2013 yil jahon chempioni va Rio-2016 olimpiada chempioni hisoblangan Brianna Maknil ham 5 yilga diskvalifikatsiya qilinganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Kuni kecha Oliy sport arbitraj sudi AQSHlik sportchi Brianna Maknilning unga berilgan 5-yillik diskvalifikatsiya muddatiga norozi bo‘lib kiritgan apellyatsiya arizasini rad etdi.
Joriy yilning Iyunda Xalqaro yengil atletika federatsiyasining Axloq komissiyasi (AIU) Maknilga soxta hujjatlarni taqdim etgani uchun shu jazoni tayinlagandi. Amerikalik sportchining so‘ziga ko‘ra, u abortdan keyin o‘zini yomon his qilgani uchun navbatdagi doping-testni topshirmagan. Shundan so‘ng, Brianna AIU komissiyasiga sanasi 2 kunga o‘zgartirilgan tibbiy maʼlumotnomani taqdim etgan, lekin AIU aʼzolari bu soxtalashtirishni fosh etishga muvaffaq bo‘lishgan.
Maknilning diskvalifikatsiya muddati 2020 yil 15 avgustdan boshlab hisoblanib, uning 2020 yil 13 fevraldan 14 avgustga qadar qo‘lga kiritgan barcha natijalari bekor qilindi. Shuningdek, sportchi Tokio-2020 olimpiya o‘yinlariga milliy tanlovdan o‘tganiga qaramasdan, ushbu qaror sababli bo‘lajak o‘yinlarda ishtirok etolmaydigan bo‘ldi.