eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Doping: ikki nafar kanoechining doping-sinamasidan  “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlandi

Xabaringiz bor, yana sanoqli kunlardan so‘ng orziqib kutilgan Tokio yozgi Olimpiya o‘yinlariga start beriladi.

 Hozirda barcha mamlakat vakillari kun chiqar yurt Yaponiya iqlimiga moslashish va so‘ngi o‘quv-mashg‘ulotlarini aynan shu yerda o‘tkazish uchun tashrif buyurishmoqda.

Rejaga asosan Butunjahon antidoping agentligi tomonidan olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritgan sportchilardan olimpiadaga qadar kamida 2 marta doping-sinama olish tartibi joriy etilgan.

Tokioga yo‘l olgan ikki nafar rossiyalik sportchidan doping aniqlangan. Maʼlum bo‘lishicha 17 iyunda kanoeda eshkak eshish bo‘yicha terma jamoa aʼzolaridan doping-sinama olingan. 6 iyul kuni natijalar eʼlon qilingan va rossiyalik kanoechilar Nikita Morgachev hamda Pavel Sorinning doping-sinamalaridanmeldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangan.

Eʼtiborli jihati bu natija kanoechilar Tokioga uchib ketishiga 4 soat qolganda maʼlum bo‘lgan va aeroportning o‘zida ushlab qolingan. Sportchilarning taʼkidlashiga ko‘ra,  meldoniy moddasi ularning tanasiga qo‘shimcha sport ozuqalari orqali kirgan. Lekin ular isteʼmol qilgan barcha sport ozuqalari murabbiylar shtabi hamda Federal tibbiy-biologik agentligi huzuridagi Butunrossiya sport tibbiyoti markazi tomonidan maqʼbullangan. Shunday qilib, N.Morgachev va P.Sorin Olimpiadada qatnashish talabnoma ro‘yxatidan olib tashlangan.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish