eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Tokioda favqulodda holat tartibi joriy etilganligi sababli Tokio-2020 Olimpiadasi musobaqasi tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Bu haqida Yaponiyaning “NHK” AA xabar berdi.

Mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yana-da keskinlashgani sababli Yaponiyada favqulodda vaziyat muddati 2 oyga uzaytirildi. Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari musobaqani tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilishdi.

Shuningdek, Saytama, Tiba, Kanagava va Osaka prefekturalarida ham koronavirus cheklovlari joriy qilinadi. Shu tariqa 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokioda bo‘luvchi Olimpiada o‘yinlari vaqtida favqulodda holat eʼlon qilindi.

Bundan avvalroq, Bosh vazir Yosixide Suga matbuot anjumanida COVID-19 ga chalinish ayni kunlarda, ayniqsa, 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar orasida sezilarli oshayotganini maʼlum qilgandi.

Olimpiada muxlislar bilan o‘tkazish o‘ta xavfli va koronavirus pandemiyasining to‘rtinchi to‘lqinini olib kelishi ehtimolini eʼtiborga olib, ushbu qarorni Yaponiya shifokorlar milliy uyushmasi qabul qildi.

Maʼlumot uchun, Yaponiyada Shifokorlar milliy uyushmasining epidemiologik barqarorlikka tegishli barcha qarorlari so‘zsiz bajarilishi talab etiladigan qarorlar qatoriga kiradi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish