O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Omonov Humoyun Rustamovich o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
H.Omonov 1996 yil 12 iyul kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida tavallud topgan. O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan.
U Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Jismoniy tarbiya va sport vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Hozirda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligida ishlab kelmoqda.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi jamoasi Humoyun Omonovni bugungi tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi hamda ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaydi!