Muxtasar Tohirovaga ADAMS tizimi va terepevtik istyesnolar bo‘yicha tushunchalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi tomonidan Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritgan sportchilarimiz ularni murabbiylari va shifokorlariga doping tushunchasi, uning inson salomatligiga taʼsiri va sportchi uchun oqibati nimalarga olib kelishi yuzasidan o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda bu esa sportchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlanishiga sabab bo‘layotir.
Jumladan, bugun agentlikning Antidoping qoidabuzarliklar va ADAMS monitoringi bo‘limi boshlig‘i Nigora Azamatova hamda Doping sinovlarini rejalashtirish va terapevtik istisnolar bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Tursunovalar tomonidan O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi o‘quv sport bazasida mashg‘ulotlarni olib borayotgan Muxtasar Tohirovaga ADAMS tizimi va terepevtik istyesnolar bo‘yicha tushunchalar berildi.
Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, m.Tohirova pnevmatik miltiqdan 10 metr masofadan hamda 50 metr masofadan 3 holatda o‘q otish dasturida kvalifikatsion davrda to‘plagan yuqori ballari uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga 2ta litsenziyani qo‘lga kiritgan va bu natijasi bilan mamlakat o‘q otish sporti tarixida o‘ziga hos iz qoldirmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida sportchi qizimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati