eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Tokio-2020: Olimpiya qishlog‘ida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi

Tokiodagi Olimpiya qishlog‘ida yashayotganlar orasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Bu haqda o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, xorijiy milliy jamoalardan birining aʼzosi topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Uning shaxsiga oid maʼlumotlar oshkor qilinmayapti. “Tokio-2020” tashkiliy qo‘mitasi bosh kotibi Tosiro Mutoning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus har kunlik test natijasida aniqlangan.

Avvalroq Yaponiyaga kelgan jamoalar sportchilari va aʼzolarida koronavirus aniqlangan, ammo bu holatlar aeroportda yoki jamoalarning dastlabki joylashgan mehmonxonalarida qayd etilgandi. Bevosita Olimpiya qishlog‘ida kasallik aniqlanishi ilk marta yuz bermoqda.

Hozirga qadar Isroil, Uganda va Serbiya sportchilarida hamda Nigeriya va Rossiya milliy jamoalariga yordamlashuvchi shaxslarda koronavirus aniqlangandi.

Avvalroq, epidemiologik vaziyat yana-da keskinlashgani sababli Yaponiyada favqulodda vaziyat muddati 2 oyga uzaytirilgandi. Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari musobaqani tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilishgandi.

Eslatib o‘tamiz Olimpiada o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish