eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Bugun tug‘ilgan kun - Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshi oldi.

Shavkat Miromonovich 1957 yil 24 iyul kuni Jizzax viloyatida tavallud topgan. Keyingi paytlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi tutgan o‘rni bir necha barobar yuksaldi. Bunga mamlakatimiz Prezidentining tinimsiz say-harakatlari natijasida erishmoqdamiz. Tan olish kerak, Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbarligiga kelganiga salkam besh yil bo‘lgan bo‘lsada, biz mana shu qisqa muddat ichida bir necha o‘n yillikning yutuqlarini qo‘lga kiritdik. Har bir sohada o‘sish, ko‘tarilish ko‘zga tashlanmoqda.

Jumladan, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish yo‘lida olib borayotgan islohotlari tahsinga loyiq.

Sh.Mirziyoyev 2018 yil 3 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror orqali mamlakatda halol sportni targ‘ib qiluvchi, xalqaro maydonlarda o‘zbek sportchilarini himoya qiladigan agentlik tashkil etildi va shu kunga qadar samarali faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Shundan ham bilsa bo‘ladiki mamlakat Rahbari har bir sohaga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqida ertangi kunga ishonchni qayta jonlantira olgan shaxs sifatida gavdalandi...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni bugungi tavallud ayyomlari munosabati bilan muborakbod etadi hamda ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi!

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish