eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan matonat egalariga antidoping qoidalari bo‘yicha so‘ngi o‘quv-seminari o‘tkazildi

Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan umidli parakonoechilarimizga doping tushunchasi, uning inson salomatligiga taʼsiri, ADAMS tizimi va terepevtik istisnolar bo‘yicha tushunchalar berildi.

Xabaringiz bor Tokio hozirgi kunda butun dunyo nigohida. Sababi kunchiqar yurtda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Mamlakatimiz vakillari uchun Rio-2016 ga qaraganda  qaraganda unchali ijobiy natijalar qayd etilmayapti. Bahslarda sportchilarimiz borlarini berib harakat qilishmoqda, ammo sportda harakatning o‘zi kamlik qiladi...

Olimpiya o‘yinlari yakunlanishi bilan Paralimpiya bo‘yicha mamlakat vakillari bahslarga kirishadi. Medallar jamg‘arish bo‘yicha ham asosiy umid aynan paralimpiya sport turlaridan edi. O‘ylaymizki sportchilarimiz bu ishonchni albatta oqlashadi.

Sportchilarimizni nazariy bilimlarini ham mustahkamlash maqsadida kuni kecha O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining Antidoping qoidabuzarliklar va ADAMS monitoringi bo‘limi boshlig‘i Nigora Azamatova, Doping sinovlarini rejalashtirish va terapevtik istisnolar bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Tursunova hamda Matbuot xizmati boshlig‘i Humoyun Omonovlar Toshkent viloyati, Xo‘jakent qishlog‘ida so‘ngi o‘quv-mashg‘ulotlarni olib borayotgan parakanoechilar bilan o‘quv-seminarini o‘tkazishdi.

Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan umidli parakonoechilarimiz Azizbek AbulxabibovXaitmurod Sherqo‘ziyev va Shahnoza Mirzayevalarga doping tushunchasi, uning inson salomatligiga taʼsiri, ADAMS tizimi va terepevtik istisnolar bo‘yicha tushunchalar berildi.

Ishonamizki paralimpiyachilarmiz Tokiodan shoda-shoda medallar bilan yurtimizga qaytib kelishadi. Bu yo‘lda ular omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz Olimpiyachilar hozirga qadar delegatsiyamiz hisobiga bitta oltin va yana shuncha bronza medalini yozdirib qo‘yishdi. Taekvondo bo‘yicha Ulug‘bek Rashitov tengsiz bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi deya eʼtirof etilgan dzyudochimiz Davlat Bobonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish