eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Tokio-2020: Olimpiya o‘yinlari sovrindori antidoping qoidabuzarligi sababli musobaqalardan chetlashtirildi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida birinchi antidoping qoidabuzarligi qayd etildi.

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu olimpiyadada g‘alaba, mag‘lubiyat hamda chetlatishlar bilan birga antidoping qoidabuzarliklar ham uchrab turibdi.

Gap shundaki, Nigeriya olimpiya terma jamoasi aʼzosi Blessing Okagbaredan 19 iyul kuni olingan doping-sinamada sintetik o‘sish gormoni taqiqlangan moddasi aniqlangani sababli u o‘yinlarda ishtirok etishdan chetlashtirildi. Natijada u 30 iyul bo‘lib o‘tgan 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha Olimpiada yarimfinal bahslarida ishtirok etolmadi.

Eslatib o‘tamiz, 32-yoshli Blessing Okagbare Pekin-2008 Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sohibi, 2013 yilning ikki karra jahon chempioni, 2021 yil 60, 100, 200 va 400 metr masofaga yugurish bo‘yicha «Brilliant liga»ning bosqichlari sovrindoridir.

Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, 30 iyul kuni sportchi Tokio Olimpiadasida dastlabki yugurishda 11,05 soniya natijani qayd etgan va birinchi bo‘lgan edi. Sport mutaxassislarining fikriga ko‘ra, ushbu doping mojaro Blessingning sport karyerasiga nuqta yasaydi.

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish