eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Tokio-2020: gruziyalik yengil atletikachi doping sababli musobaqalardan chetlashtirildi

Xabaringiz bor ayni kunlarda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Olimpiyada bahslari qizg‘in va murosasiz o‘tishi bilan bir qatorda ko‘plab yangi nomlarni ham kashf qilmoqda va aksincha hozirda faoliyati ayni cho‘qqisiga chiqib borayotgan sportchilar bilan xayrlashishga ham to‘g‘ri kelmoqda.

Gap shundaki, 36-yoshli gruziyalik yadro uloqtiruv-chi Benik Abramyandan olingan doping-sinamasida taqiqlangan moddalar aniqlandi. Sportchidan shu yil 31 iyul kuni Tokioda olingan sinamasidametandiyenon”, “tamoksifen” va “turinabol” moddalari topilgan. Bular sportda eng ko‘p tarqalgan anabolik dopinglar hisoblanadi.

Misol uchun, 2008 va 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida birgina Rossiyaning 24 nafar sportchisi mazkur taqiqlangan moddalar sababli medallaridan mahrum etilgandi. 

Umuman olganda, 2020 yil boshidan bu oltinchi doping-mojaro bo‘lib, ulardan to‘rtasi yengil atletikachilar bilan bog‘liqdir. Lekin bevosita Olimpiadada hozircha faqat bitta sportchi – keniyalik Mark Odiambo steroidlar bilan qo‘lga tushdi. Shveysariyalik Karim Xusseyn o‘yinlar rasman boshlanganidan keyin, ammo u hali Yaponiyaga yetib kelmasdan oldin “niketamid” taqiqlangan moddasi sabab chetlashtirilgan edi.

Nigeriyalik Blessing Okagbare 100 metr masofaga dastlabki yugurishda ishtirok etgan bo‘lsada, uning vatanida topshirgan sinamasidan taqiqlangan o‘sish gormoni aniqlangani uchun asosiy musobaqalarda ishtirok etishdan mahrum etildi. Qolgan doping holatlar boshqa sport turlariga taalluqlidir. Masalan, avstraliyalik chavandoz Djeymi Kermond kokain uchun, ukrainalik triatlonchi Yuliya Yelistratova eritropoetin uchun Olimpiadaning asosiy bellashuvlaridan chetlashtirilgan.

Milliy antidoping agentligi

Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish