eye

Agentlik yangiliklari

Agentlik yangiliklari

Sport shifokorlariga dori-darmonlardan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirish berildi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining asosiy vazifasi sportchilarning dopingsiz musobaqalarda qatnashish uchun asosiy huquqlarini himoya qilishdir.

Bu yoʼlda esa agentlik tomonidan koʼplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har bir ustuvor federatsiya va assotsiatsiyalar bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼygan holda antidoping qoidabuzarliklari, dopingni sportchi salomatligiga taʼsiri va oqibati haqida koʼplab oʼquv-seminarlar oʼtkazib kelinmoqda.

Bevosita sportchilar bilan birga ularni murabbiylari va sport shifokorlariga ham Butunjahon antidoping agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan qoidalar bilan tanishtirish maqsadida suhbatlar ham tashkil etib kelinayotir.

Shunday oʼquv-seminaridan birini kuni kecha Oʼzbekiston Milliy antidoping agentligi bosh direktori Nodirjon Tursunov Oʼzbekiston suzish federatsiyasi hamda oʼq otish federatsiyasi shifokorlariga tushuntirish ishlarini olib bordi.

Suhbat davomida sportchilar jarohat olganda hamda yurak xastaligiga chalinganda sportda taqiqlangan dori-darmonlar bilan davolanishi lozim boʼlgan holatlarda tegishli xalqaro sport federatsiyasi huzuridagi Maxsus tibbiy qoʼmitasiga taqiqlangan moddalar va dori-darmonlar bilan davolanish yuzasidan vaqtincha foydalanish boʼyicha ruxsat olish uchun murojaatnomani rasmiylashtirish tartib-qoidalari toʼgʼrisida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Bu kabi suhbatlar va oʼquv-seminarlar reja asosida muntazam oʼtkazib kelinmoqda.

Milliy antidoping agentligi
Matbuot xizmati

Taqvim

Taqvim

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak

Faoliyati

Ўзбекистон миллий жамоасининг ЖЧ-2022 саралаш ўйинлари кейинги йилга қолдирилди
Sport vazirligi: maxsus sirtqi ta’lim shakliga abituriyentlarni qabul qilish jarayoni boshlandi
Валттери Боттас “Формула-1”нинг Mercedes жамоаси билан шартномасини узайтирди
Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди
Миссиямиз
Diqqat! Agar siz matnda xato topsangiz, uni tanlang va ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter ni bosing

Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish